Gurlan tuman hokimi Yangi bog‘ va Madadkor mahallalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Gurlan tumani hokimi Umrbek Jumaniyazov tumandagi Yangi bog‘ va Madadkor mahallalari obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlarining borishi, yashil hududlarni kengaytirish jarayonlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aholining kommunal sohadagi murojaat va takliflarini ham o‘rganib, murojaatlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish to‘g‘risida mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida noqonuniy qurilmalarga barham berish va joylarda obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda belgilangan hududlarga "Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 147 marta