Gurlan tuman FVB ogohlantiradi

Hurmatli tumanimiz fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda fuqarolar!

Somon poyalarini dala maydonlaridan yig‘ib olish va tashishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga va kerakli tavsiyalarga rioya qiling.

Somon poyalarini tashish vaqtida avtotransportlarga somonni ortiqcha yuklamaslik, tashish vaqtida avtotransportlar (traktor va boshqalar)ga uchqun qaytargichlardan foydalanish, shuningdek, g‘alla maydonlarida tamaki chekish qat’iy ta’qiqlanadi.

Shu bilan birga g‘alladan bo‘shagan yerlar va somon qoldiqlarini yoqib yubormaslik haqida ogohlantiramiz.

Bu kabi holatga yo‘l qo‘yilgan har bir fuqaro qonunchiligimizda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi

 

Ona tabiatni asrash har birimizning burchimizdir!

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Iyun 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 661 marta