Gurlan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O‘razbaev Alisher Odilbekovichning hisoboti

“Maxalliy budjet daromadlari bajarilishi xolati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga xisoblangan va amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida” tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Alisher O‘razbayev hisoboti

Assalomu-alaykum hurmatli deputatlar!

Sessiya ishtirokchilari!

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan hamda amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida hisob berib o‘tsam.

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

1.Budjet bo‘yicha:

Avvalambor, Gurlan tumani mahalliy budjetining 2022-yil 6 oy yakuni bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.

2022-yil 2-chorak uchun budjet daromadlari prognozi 15,5 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 15,9 mlrd so‘m 102,6 foizga ya’ni 0,4 mlrd so‘m budjetga oshiqcha undirilishi ta’minlandi.

2022-yil 1-yarim yillik uchun budjet daromadlari prognozi 29,2 mlrd so‘m bo‘lib haqiqatda 30,4 mlrd so‘m 104,0 foizga ya’ni 1,2 mlrd so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

Budjet daromadlari asosan quyidagi soliq turlaridan iborat:

-Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 13,4 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 13,8 mlrd.so‘m ya’ni 0,4 mlrd so‘m 103,1 foizga;

-Aylanmadan olinadigan soliqdan 2,9 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 3,1 mlrd so‘m ya’ni 103,6 foizga;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan daromad solig‘i 0,6 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 0,6 mlrd so‘m ya’ni 107,0 foizga;

- Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan 4,7 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 5,8 mlrd so‘m ya’ni 1,1 mlrd so‘m 122,2 foiz;

- Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan 2,0 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 2,1 mlrd so‘m ya’ni 105,0 foizga;

- Davlat bojlari bo‘yicha 2,8 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 2,6 mlrd so‘m ya’ni 91,3 foizga bajarilgan.

2022-yil 2-chorak uchun mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari 13,1 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 15,1 mlrd so‘mga yoki 114,8 foizga bajarildi.

2022-yil 1-yarim yillik bo‘yicha mahalliy byudjet prognoz ko‘rsatkichlari 25,2 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 29,6 mlrd so‘mga yoki 117,7 foizga bajarildi. Mahalliy byudjetning ortiqcha bajarilgan qismi 4,5 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Tushumlar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,7 mlrd so‘mga nisbatan 30,4 mlrd.so‘mga yoki (4,7 mlrd so‘m) 118,2 foizga oshdi.

2.Soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha:

Tuman bo‘yicha 2022-yil 1-iyul holatiga jami 770 ta korxonada 2,3 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga (550 ta 2,2 mlrd.so‘m) nisbatan 0,1 mlrd so‘mga oshdi.

Shuningdek, byudjet oldidagi qarzdorlik 763 ta korxonada 1,7 mlrd so‘mni tashkil qilib, yil boshiga (510 ta 1,8 mlrd.so‘m) nisbatan 0,1 mln so‘mga qisqartirildi.

Shuningdek, 1 iyul holatiga qarzdorligini muddatida to‘lamagan 470 ta yuridik soliq to‘lovchilarning 3,9 mlrd so‘mlik qarzdorliklari mol-mulki hisobidan undirish yuzasidan hujjatlar Majburiy ijro byurosi bo‘limiga o‘tkazilgan.

3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalari bo‘yicha:

Tuman bo‘yicha 2022-yil 1-iyul holatiga jami 1928 ta tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatga olingan.

Shundan, 1505 tasi faoliyat yuritib kelayotgan sub’ektlar, 423 tasi faoliyat yuritmasdan kelmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 233 ta tadbirkorlik subyektlari yangidan ro‘yxatga olindi, 31 ta faoliyat yuritmasdan kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga amaliy yordam ko‘rsatilib faoliyati qaytadan tiklandi, 55 ta faoliyat ko‘rsatmasdan kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati tugatilib davlat reestridan chiqarildi.

 Tumanda ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari sonini yildan-yilga oshib borayotganligi byudjet mablag‘larini shakllanishida ham o‘z aksini topmoqda.

4.Ish haqi va yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish bo‘yicha:

Mehnat haqi fondiga soliq yukining keskin pasaytirilishi tumanda ishchi o‘rinlarni va mehnatga haq to‘lash fondini oshishiga (legallashishiga) sezilarli ravishda ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Joriy yil davomida tuman bo‘yicha 1584 ta ish o‘rinlarini legallashtirish grafigi belgilangan bo‘lib, 2022 yil 1 iyul holatiga 863 ta xodim legallashtirilib yillik reja grafikka nisbatan 54,5 foizga bajarilishi ta’minlandi.

2-chorak uchun 440 ta ish o‘rinlarini legallashtirish rejasi haqiqatda 456 taga ya’ni 103,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Daromad solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar soni yil boshida 9158 ta bo‘lib, 1-iyul holatiga 9821 taga ya’ni 663 taga oshdi.  

Bugungi kunda mazkur grafik ijrosini ta’minlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlarimizni hisob-kitob qilib chiqdik, bunda fermer xo‘jaliklari, savdo, xizmat ko‘rsatish va qurilish tarmog‘i korxonalarida norasmiy tarzda band bo‘lgan fuqarolarni rasmiy tarzda ishga yo‘llanishini ta’minlash hisobiga topshiriqlar ijrosi to‘liq ta’minlanadi.

5.Kameral nazorat tadbirlari bo‘yicha:

Bugungi kunda soliq nazoratining hamda budjetga qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri kameral nazorat hisoblanadi. 2022-yil 1-iyul holatiga 321 ta korxonada kameral nazorat tadbirlari natijasida 951,6 mln so‘m, shundan iyun oyida 49 ta korxonada 104,6 mln so‘m qo‘shimcha soliqlar hisoblandi.

Mazkur tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan hisobotlarga asosan 351 ta korxonadan 790,6 mln so‘m soliq va majburiy to‘lovlar undirib olindi.

6.Sayyor soliq tekshiruvi yo‘nalishi bo‘yicha

2022-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi PF-5813-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish tadbirkorlik subyektlariga 925 ta onlayn NKM va virtual kassa mashinalari o‘rnatilishi ta’minlandi.

Soliq hamkor dasturi orqali kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha 114 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, qo‘llanilgan moliyaviy jarimalardan 285,0 mln so‘m budjetga undirilishi ta’minlandi.

7.Jismoniy shaxslar yo‘nalishi bo‘yicha

2022-yil 6 oylik uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha 6795,0 mln so‘mlik belgilangan reja, haqiqatda 5884,1 mln so‘mga ya’ni 86,6 foizga bajarilishi ta’minlandi.

O‘tgan yilning mos davri (3893,7 mln so‘m)ga nisbatan 1990,4 mln so‘m ortiqcha undirilib 151,1 foizga o‘sishga erishildi. 

2022-yil 1-iyul holatiga jami 2082 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgan, shundan 987 tasi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan, 1095 tasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

2022-yil 6 oy davomida 138 ta yakka tartibdagi tadbirkor yangidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Gurlan tuman 4-sektorida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvarda “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-son qaroriga muvofiq viloyat hokimining 2019-yil 11-yanvarda 12k-son qarori va bu yuzadan Gurlan tumani hokimining 2018-yil 18-yanvarda 188 q-son qarori qabul qilingan.

Tuman 4-sektorida 15 ta mahalla bo‘lib, hududda 8032 ta xonadon va 11851 ta oila  mavjud va ularda 42 451 nafar aholi istiqomad qiladi.Joriy yilning yanvar-dekabr oylarida sektor rahbari tomonidan hududlardagi aholi bilan yaqindan muloqot o‘tkazish hamda yoshlarning murojaatlarini tinglash maqsadida  27 ta sayyor qabul va uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan sayyor qabul va uchrashuvlarda jami 521 nafar fuqarolar qatnashib  49 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 15 tasi joyida qanoatlantirilib, 6 tasiga huquqiy maslaxat berilib, 3 tasiga asosli tushuntirishlar berilgan. 9 tasi ijobiy hal etilgan. 16 tasining ijrosi nazoratga olingan.

“Temir daftar”ga 2020-2021-yillarda sektor rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari boshchiligida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurish orqali 303 ta sahovat va ko‘makka muhtoj bo‘lgan oilalar kiritilgan edi.

Bugungi kunda  4-sektor hududida “temir daftar”da  28 ta oilalar mavjud bo‘lib, oila a’zolari 139 nafarni tashkil qiladi.

Bugungi kunda “Yoshlar daftari”ga tumandagi 149 445 nafar aholi mavjud bo‘lib, shundan, 30 yoshgacha bo‘lganlar 85 600 nafarini (57,2 foiz) tashkil qiladi. Shundan 4-sektorida 18-30 yoshdagilar jami 7876 nafarni tashkil qiladi. 

 “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turgan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugungi kungacha 355 nafar yoshlarga 382,5 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi. Bugungi kunda “Yoshlar daftari”ga yoshlarning murojaatlari asosida to‘lov kontrakt, subsidiya va kasbga o‘qish istagida bo‘lgan 87 ta yoshlar mavjud, ularning ham murojaatlarini qanoatlantirib daftardan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

  “Ayollar daftari” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Gurlan tumanida jami 149,9 ming nafar aholidan, 74,4 ming nafarni ayollar, 0-30 yoshlilar 54,2 ming nafarni tashkil etadi. Tumanda 18-30 yoshlilar 41,3 ming nafardan iborat bo‘lib, ularning 20,5 ming nafari xotin-qizlarga to‘g‘ri keladi. O‘rganishlar natijasida  4-sektori hududida “Ayollar daftari”ga 768 nafar xotin qizlar quyidagi 9 ta toifalar bo‘yicha kiritildi. Jumladan: Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning 3-bosqichida 768 nafar ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilib,  bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan, daromad manbaiga ega bo‘lmagan, shu jumladan, mehnat qilish qobilyatini qisman yo‘qotgan, biroq ishlash ishtiyoqi bo‘lgan xotin-qizlarning bugungi kun holatiga 292 nafarni, Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan extiyojmand xotin-qizlar soni 74 nafarni, Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 170 nafarni, shundan Uy-joyi ta’mirlanadigan xotin-qizlar 18 nafarni,  Ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning 116 nafarini, shundan Uy joyi ta’mirlanadigani 5 nafarni tashkil qiladi. Uy-joyga muxtoj xotin-qizlar soni 18 tani, shundan uy-joy bilan ta’minlanadigani 7-ta va ijara kompensatsiyasi to‘lab beriladigan xotin qizlar 11-tani tashkil qiladi. Shuningdek, Qaromag‘ida bir va undan ortiq I va II guruh nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud 108 nafar  yolg‘iz ayollar tashkil qilib shundan tomorqadan unumli foydalanish uchun yordam beriladigan xotin qizlar 13 tani tashkil qiladi. Bugungi kunda 4-sektorda  3-bosqich  “Ayollar daftari” dagi ayollarga tegishli tartibda yordamlar ko‘rsatilib daftardagi mavjud ayollarni barchasiga 100 foiz yordamlar ko‘rsatilib belgilangan tartibda daftardan chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 


Avgust 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 533 marta