Gurlan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.O‘razbayev hisoboti

Assalomu-alaykum hurmatli deputatlar!

Sessiya ishtirokchilari!

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining “Mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan hamda amalda to‘langanligi va ular bo‘yicha soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risida hisob berib o‘tsam.

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!

1.Budjet bo‘yicha:

Avvalambor, Gurlan tumani mahalliy budjetining 2022-yil 3-chorak reja bajarilishi bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tsam.

2022-yil 3-chorak uchun budjet daromadlari prognozi 13,9 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 9,8 mlrd so‘m 70,0 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Jumaladan: 2022-yil iyul oyi uchun budjet daromadlari prognozi 4,4 mlrd so‘m bo‘lib haqiqatda 5,1 mlrd so‘m 117,0 foizga ya’ni 0,7 mlrd so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

2022-yil avgust oyi uchun budjet daromadlari prognozi 4,3 mlrd so‘m bo‘lib haqiqatda 4,6 mlrd so‘m 108,0 foizga ya’ni 0,3 mlrd so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.

Budjet daromadlari asosan quyidagi soliq turlaridan iborat:

-Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 1,7 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 2,1 mlrd so‘m ya’ni 0,4 mlrd so‘m,123,9 foizga;

-Aylanmadan olinadigan soliqdan 0,6 mlrd.so‘m, bo‘lib haqiqatda 0,6 mlrd so‘m ya’ni 104,8 foizga;

- Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan daromad solig‘i 0,1 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 0,1 mlrd so‘m ya’ni 111,0 foizga;

- Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan 0,8 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 0,8 mlrd.so‘m ya’ni 99,6 foizga;

- Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘idan 0,4 mlrd so‘m, bo‘lib haqiqatda 0,2 mlrd so‘m ya’ni 50,0 foizga;

- Davlat bojlari bo‘yicha 0,5 mlrd so‘m bo‘lib, haqiqatda 0,5 mlrd so‘m ya’ni 98,9 foizga bajarilgan.


Sentabr 08, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 440 marta