GURLAN TUMANIDA SUBSIDIYA ASOSIDA UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN ARIZALAR QABUL QILISH TO‘XTATILADI

Xorazm viloyati hokimining 2021-yil 16-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli farmoni ijrosi haqida”gi 177-12-0-Q/21-sonli qarorining 2-ilovasiga muvofiq 2022-yilda kvartiralar sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiyalar soni 37 ta qilib belgilangan bo‘lib, bugungi kunda tumanda subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiya tomonidan 37 nafar fuqarolarga subsidiyalar ajratilishi bo‘yicha ijobiy xulosalar berilgan.

Yuqoridagini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 45-bandiga asosan 2022-yil uchun Gurlan tumaniga ajratilgan uy-joy sotib olish (uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish bundan mustasno) uchun subsidiyalar soni tugaganligi sababli uy-joy sotib olish uchun (uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish bundan mustasno) arizalar qabul qilish to‘xtatiladi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Fevral 18, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 881 marta