GURLAN TUMANIDA BO'SH ISH O'RINLARI MEHNAT YАRMARKASI BO'LIB O'TDI

Bugun Gurlan tumanidagi 9-son Bolalar musiqa va san'at maktabi binosida “Bo'sh ish o'rinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Mehnat yarmarkasida 54 ta tashkilot 563 ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi. 

"Mehnat yarmarkasi"da tumandagi korxona va tashkilotlar o'zlarining bo'sh ish o'rinlari bilan faol ishtirok etdilar. 30 nafar fuqaroga ishga joylashishlari uchun yo'llanmalar berildi, shuningdek, 10 nafar  ishsiz fuqarolar qayta kasbga o'qitish  uchun ro'yxatga olindi. Korxona va tashkilotlardagi bo'sh ish o'rinlari hamda tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirgan  ishsiz fuqarolarga tavsiyalar berildi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 12, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1962 marta