Fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi 

Bugun Gurlan tuman Xalq qabulxonasida tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov boshchiligida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan moddiy yordam, uy-joy olish uchun subsidiya, tibbiy xizmat, ishga joylashish kabi turli masalalarda murojaatlar yo‘llandi. Har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, barcha murojaatlarga qonun doirasida tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 18, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 339 marta