«O‘ Q I SH G A   M A R X A M A T! »

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! 
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-apreldagi 237-Qaroriga asosan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilanganligi munosabati bilan 2021-2022-o‘quv yilida maktablarning 6-sinfini muvaffaqiyatli tugatgan, chuqurlashtirilgan fanlardan qobiliyatini ko‘rsata olgan o‘g‘il va qizlarni Gurlan tumani 42 - AFChO‘I maktabining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinfiga o‘qishga taklif qilamiz.

Maktabning harbiy - vatanparvarlik  yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinfiga o‘quvchilar tanlov (imtihon) asosida qabul qilinadi. O‘qish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari joriy yilning 1-20-iyun kunlari Gurlan tumani 42-AFChO‘I maktabida qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

QABUL QILINADIGAN HUJJATLAR:

1. Direktor nomiga ariza;
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
3. 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
4. Psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
5. 3x4 hajmli 6 fotosurat;
6. Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
7. O‘qish joyidan tavsifnoma;
8. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishi bo‘yicha erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatidan (faxriy yorliq, sertifikat, diplom) ko‘chirma.

Murojaat uchun telefonlar: +998 97 734 4241; +998 93 415 94 02;  +998 99 683 38 29

Manzil: Gurlan tumani, Bog‘iston mahallasi N. KUBRO ko‘chasida joylashgan 42- AFChO‘I maktabi (Oldingi maishiy xizmat kasb-hunar kolleji) binosi

Yangiliklarga obuna

Bank kursi

Ob-havo gurlan