Diqqat e'lon!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, ushbu qarorda “Tashabbusli budjet” jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etilishi belgilangan.

Gurlan tuman hokimligi binosida joriy yilning 23-may kuni soat 11:00 da “Tashabbusli budjet” jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan ochiq muloqot tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘tkaziladigan ochiq muloqot tadbirida “Tashabbusli budjet” jarayoniga ma’sul shaxslar hamda tuman Xalq deputatlari kengashidan saylangan deputatlar qatnashishi munosabati bilan qatnashish istagida bo‘lgan fuqarolarni taklif qilamiz. Tadbirda Siz fuqarolar tomonidan “Tashabbusli budjet” jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi va muhokama qilinadi. Har bir fuqaroning taklifi “Tashabbusli budjet” jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga yechim topilishida muhim ahamiyatga ega.

 

Ochiq muloqotda qatnashing va “Tashabbusli budjet” jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifingizni bildiring.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


May 22, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 276 marta