Bozorlardagi narx-navo va sharoitlar o‘rganildi

Bugun Gurlan tumani dehqon bozorida tashkil qilingan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasida narx-navolar holati tuman sektor rahbarlari va hududiy mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.

Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlarni narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik, narx-navo barqarorligiga erishish bo‘yicha bozordagi hamda savdo do‘konlaridagi tadbirkorlarga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, markaziy bozordagi sanitariya-gigiyena holatini tartibga solish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga kunlik nazoratga olinishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 30, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 339 marta