Bozorlardagi narx-navo va sharoitlar o‘rganildi

Bugun Gurlan tumani hokimi Murodjon Achilov boshchiligidagi sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat, un va non mahsulotlarini maqbul narxlarda taklif etish va bozorlarda xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman dehqon bozorlaridagi narx-navolar o‘rganildi.

Tegishli mas’ullarga oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yanada ko'paytirish hamda narx-navolar ko‘tarilishining oldini olish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi qolipli non ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlar ish jarayoni bilan tanishdi. Ular bilan suhbat jarayonida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq mavjud muammolarini hal qilish bo‘yicha tavsiyalarini berdilar.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 426 marta