Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik: bu jarayonda mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishtiroki nimalarda namoyon bo‘ladi ?

Aholini ro‘yxatga olish  keng qamrovli, ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladigan tadbir hisoblangani bois, mazkur qaror bilan ushbu 3 bosqichda amalga oshiriladigan jarayonda (tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini tahlil qilish) bir qator mas’ul davlat idoralarining vazifalari ko‘rsatilgan.

Ma’lumki, ro‘yxatga olish ishlari bevosita mahallalar kesimida tashkil etiladi. Shunday ekan, mahalla, ko‘cha, xonadon va u yerda yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qanchalik aniq va to‘g‘ri shakllantirilgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ishlarining natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Shu boisdan tayyorgarlik ishlarining aksariyatini bevosita mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda  olib borish belgilangan. Xususan, ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olib aholi punktlarida yashovchi (doimiy ro‘yxatda turgan) aholi sonini ko‘rsatgan holda aholi punktlarining to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlash, har bir mahallada  mavjud ko‘chalarning nomlari, uylar va kvartiralarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlash ishlari aholini ro‘yxatga olishga taraddud ko‘rish mobaynida statistika idoralari va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan birgalikda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir.

 

Gurlan tuman statistika bo‘limi boshlig‘i     S.Axmedov

 

 

 


Dekabr 22, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 82 marta