Aholiga yangi zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentyabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi № 4840 sonli qaroriga asosan, zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini takomillashtirish, yo‘qotishlarni bartaraf etish, shuningdek iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida, Gurlan tumani aholi xonadonlariga ham yangi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari maxsus himoya anjomlari bilan birgalikda o‘rnatish ishlari “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Gurlan tumanida tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi iste’molchilar soni 13570 ta bo‘lib, shundan 13176 ta aholi iste’molchilariga yangi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, xozirda qolgan aholi iste’molchilarga yangi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Shuningdek, “Gurlantumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga “Qatariq” mahallasida Gulzor ko‘chasi 44-uyda yashovchi fuqaro O‘razmetov Tursinboy xonadoniga yangi zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasini o‘rnatib berishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga qilgan murojaati yuzasidan joyida o‘rganishlar olib borilib, xozirda yoroqsiz xolatdaligi o‘rnatilgan gaz jixozlari ma’naviy eskirganligi va texnik jixatdan talablarga javob bermasligi murojaatchiga tushuntirildi.

Bizning 62-36-53-0-33 raqamli “Ishonch telefon”i faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ushbu “Ishonch telefon”i orqali haftaning dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha bo‘lgan vaqtlarda fuqarolar og‘zaki va yozma ravishda murojaat qilishlari mumkin. Mazkur murojaatlar ham amaldagi tartib talablari asosida ko‘rib chiqiladi.

 

“Gurlantumangaz” gaz ta’minoti  “Nazoratvamurojaatlar”bo‘limi yetakchi mutaxassi:                                                N.Sh.Shukurlaeva


Sentabr 09, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 415 marta