Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi

“2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-70-son, 30.04.2024 y.) qabul qilindi

  • Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi:
  • hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi;
  • qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi;
  • ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi;
  • ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi;
  • kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi;
  • banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi.

Subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar qabul qilinadi. 

Arizalarni davlat xizmatlari markazi va my.gov.uz sayti orqali yuborishingiz mumkin.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


May 06, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 31 marta