3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni

BMT Bosh Assambleyasining tegishli rezolyusiyasiga muvofiq, butun dunyo bo‘ylab har yili 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan tuman hokimligi, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish tuman bo‘limi tomonidan bayram dasturxoni yozildi.

 

Unda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirok etib, bugun yurtimizda hech kim mehr va e'tibordan chetdan qolmayotgani, imkoniyati cheklangan insonlar hamisha e'tiborda ekanligi, ularning holidan xabar olishga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

 

Bayram tadbirida nogironligi bor fuqarolarga 5 ta aravacha, eshtish moslamasi, hassa va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Shuningdek, tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 358 marta