14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi

Tadbirni tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov  ochib berib yig'ilganlarni bayram bilan tabrikladi va bir guruh vatan posbonlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Yanvar 13, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 68 marta