“Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lish istagida bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar diqqatiga!

Gurlan tumanida mazkur davlat mukofoti tanlovining joriy yilgi nomzodlarini saralash bo‘yicha tuman bosqichi boshlanganligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish bo‘yicha tegishli yo‘riqnomaga ko‘ra, tavsiya etiladigan nomzodlarga vatanparvarligi, ma’naviy yetukligi, a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari, shuningdek, Vatanimiz tarixi, milliy allomalarimiz va jahon madaniyati merosini yaxshi egallaganligi bilan ajralib turishi kabi umumiy talablar qo‘yiladi.

 

Nomzodlar hujjatlarini 2022-yil 5-oktyabrga qadar Gurlan tuman  hokimligi qoshida tashkil etilgan komissiyaga topshirishlari mumkin.


Oktabr 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 357 marta