“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi. 2023-yil 18-mart soat 10:00 dan 7-aprel soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo‘ylab “OpenBudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mln.dan ortiq ovoz berildi. Yakunda 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Mazkur loyihalar qatorida Gurlan tumanida 6 ta tashabbus g‘olib deb topildi!

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Aprel 07, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 316 marta