“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

 Urganch shahrida “Kiberxavfsizlik markazi” Davlat unitar korxonasi va “O‘zkomnazorat” Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining ”Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Unda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, viloyatdagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan qonunning ijrosini ta’minlash, kiberhujumlar va ularning  oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.Ishtirokchilar sohaga oid  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyul 05, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 448 marta