"Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash" mavzusida ochiq muloqot

Bugun Gurlan tuman hokimligining majlislar zalida tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nurxon Babajanova ishtirokida "Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash" mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda aholi bandligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ochiq muloqotda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

❗️Ma’lumot uchun: tumanda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida 3 ta mahallalar ishsizlikdan holi hududga aylantirildi. Yil yakuniga yana 3 ta mahalla ishsizlikdan holi hududga aylanishiga erishiladi. 

 Tumanda “20 ming tadbirkorga 500 ming malakali ishchi”ni biriktirish dasturiga asosan 29 ta salohiyatli tadbirkorlarga 1921 nafar ishsizlar biriktirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Sentabr 15, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 109 marta