“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi  mavzusida ochiq muloqot

Gurlan tumanida viloyat hokimining birinchi o‘rinbasari Murodjon Achilov va tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov ishtirokida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi  mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda mutasaddi tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ijtirok etdilar.

Tadbirda bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlash, kam ta’minlangan oila bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari to‘g‘risida ma’lumot berildi. OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Noyabr 25, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 411 marta