“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlariga jalb qilish maqsadida  “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida bir qator musobaqalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, bugun Gurlan tumanida voleybol sport turi bo‘yicha 3-sektorga qarashli mahalla yoshlari o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. 

10 ta mahalla yoshlari bahs olib olib borgan mazkur turnirda:
1-o’rinni “Navbahor” mahallasi;
2-o’rinni “Birlashgan” mahallasi;
3-o’rinni “Gulshan” mahallasi jamoalari egalladi.

G‘olib bo‘lgan jamoalar tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sherzod Ramazonov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 04, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 447 marta