“GURLAN GLOBAL TEKS" MCHJ QOSHIDAGI YANGI TIKUVCHILIK SEXIGA MEDIA TUR  TASHKIL QILINDI

Gurlan tumanida “Hududda istiqbolda yangi ishlab chiqarish sub'ektlarini tashkil etish, aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusuda media tur tashkil etildi.

Media tur ishtirokchilari tumandagi yirik sanoat korxonalaridar biri hisoblanadigan “Gurlan global teks" MChJ qoshida 500 ta ishchi o'rniga ega bo'ladigan yangi tikuvchilik sexining faoliyati bilan ham tanishildi. Yangi tikuvchilik sexga zamonaviy tikuv mashinalari va jihozlari olib kelinib, tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

Yangi tikuvchilik sexida tumandagi  ishsiz ayollar bandligini ta'minlangan bo'lib, ishchilar uchun barcha sharoit yaratilgan, issiq ovqat, ishga kelib-ketish uchun avtobuslar yo'lga qo'yilgan.

Bugungi kunda korxonaning to'qmachilik-trikotaj mahsulotlarining asosiy qismi xorijga eksport qilinmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Oktabr 26, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 1325 marta