“Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar

“Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Kurbaniyazov Sharifbay Xalillayevich

 Tarjimaiy holi

Kurbaniyazov Sharifbay Xalillayevich 1961-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi o‘qituvchi.

Oilali, 4 nafar farzandi bor. 1983-yilda Gurlan tumani Qoraqalpog‘iston jamoa xo‘jaligi a’zosi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli sohalarda 39 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani “Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

“Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Matmuratov Ilhom Sadullayevich

 Tarjimaiy holi

Matmuratov Ilhom Sadullaevich 1968-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi informatika  o‘qituvchisi.

Oilali, 2 nafar farzandi bor. 1991-yilda Tashkent shahar 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Ta’lim tizimida 31 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

“Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Eshmetov Xudayar Nurimmatovich

Tarjimaiy holi

Eshmetov Xudayar Nurimmatovich 1966-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi muxandis quruvchi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1997-yilda Gurlan tuman Qoraqalpog‘iston koloxida mexanik vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Turli sohalarda 25 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tuman tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Do‘simbiy” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 


May 13, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 675 marta