“Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar

“Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Bo‘tanova Umida Sobirovna

 Tarjimaiy holi

Bo‘tanova Umida Sobirovna 1976-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi fizika fani o‘qituvchisi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1998-yilda Gurlan tumani 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabda fizika fani o‘qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Ta’lim tizimida 24 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

“Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Babaniyozov Baxrambay Yadgarovich

Tarjimaiy holi

Babaniyozov Baxrambay Yadgarovich 1965-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi boshlang‘ich harbiy ta’lim va jismoniy tarbiya.

Oilali, 3 nafar farzandi bor. 1990-yilda Gurlan tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Ta’lim tizimida 26 yildan ortiq, mahalla tizimida 3 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tuman 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

“Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod Abdiraxmonov Murotboy Madrimovich

 Tarjimaiy holi

Abdiraxmonov Murotboy Madrimovich 1965-yilda tug‘ilgan, millati - o‘zbek, ma’lumoti - oliy, mutaxassisligi fizika, informatika fani o‘qituvchisi.

Oilali, 2 nafar farzandi bor. 1991-yilda Gurlan tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida fizika va informatika fani o‘qituvchisi vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan. Ta’lim tizimida 31 yildan ortiq mehnat qilgan.

Hozirgi kunda Gurlan tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi manaviy marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Dehqon” mahalla fuqarolar yig‘inida doimiy yashaydi.

 


May 12, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 882 marta