“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Bugun Gurlan tumanida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari tomonidan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda tuman idora va tashkilot xodimlari, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchilari ishtirok qildi.

Seminarda mazkur Qonunning mazmun va mohiyati, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari, majburiyatlari va cheklovlar tizimi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Seminarda ishtirokchilarga bundan buyon davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan barcha vazirlik va idoralarda xodimlarni ishga qabul qilish, faoliyati samaradorligini baholash, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalarida har xil yondashuvlarga barham berilishi aytilib, Qonunda davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek davlat xizmati tizimi atroflicha tushuntirib o‘tildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Avgust 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 389 marta