«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingan edi.

Bosh Qomusimiz bayrami arafasida tumanimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh faollar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda tuman hokimi Umrbek Jumaniyazov barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan qutlab, xalqimiz istiqboli va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlariga omadlar tiladi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 07, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 322 marta