Mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha o’quv seminar

Bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish va zamonaviy kasblarni oʻrgatish dolzarb masalalardan biriga aylandi.

Bu vazifalarni manzilli hal qilishda davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, joriy yilning 14-martida qabul qilingan "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-103-son qarorida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgan.

Bu yuzadan bugun Gurlan tuman hokimligida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni namunali yo‘lga qo‘yish, mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha o’quv seminar o‘tkazdi.

Seminar davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

 

Gurlan tumani hokimligi axborot xizmati


Mart 27, 2025
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 95 marta