Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo'shab qolgan deputatlik o'rinlariga saylov o'tkazish to'g'risida

2021-yil 19-noyabr                 VI-37-41-12-0-K/21                    Xorazm viloyati hokimligi

 

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining bo'shab qolgan deputatlik o'rinlariga saylov o'tkazish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 93-moddasiga asosan xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi

QAROR QILADI:

  1. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashiga saylov o'tkazuvchi 7-Tozabog', 8-Feruz, 17-Vazir, 34-Navoiy saylov okruglarida bo'shab qolgan o'rinlariga deputatlik saylovi 2021-yil 26-dekabr kuni o'tkazilsin.
  2. Saylovni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 26-avgust “Covid-19 pandemiyasi davrida bo'shab qolgan o'rinlarga deputatlar saylovini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1033-sonli qarori talablariga muvofiq o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig'i M.Iskandarov bo'shab qolgan o'rinlarga saylovni o'tkazishni moliyalashtirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirsin.
  4. Ushbu qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e'lon qilinsin.

 

Kengash raisi                                                                       R.Sherjanov


Noyabr 22, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 496 marta