Ta’lim tizimida o’zgarishlar hamda yangi vazifalar yuzasidan ochiq muloqot

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi rahbari Bekzod Abdirimov, Gurlan tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari bilan birgalikda tumanda 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va tizimda yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha ochiq muloqot o’tkazildi.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga berayotgan e'tibori va yaratayotgan shart-sharoitlari sabab, tizimda katta o'zgarishlar bo’lmoqda. Eng chekka qishloqlarda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurilib, yosh avlod uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Maktab ta'limni yangi bosqichga olib chiqish borasida davlat va investitsiya dasturlari, chet el grantlari asosida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ochiq muloqotda 2025-yil davomida bajarilishi lozim bo'lgan ishlarga to'xtalib, tegishli soha mutasaddilarining axborotlari tinglandi.
Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 83 marta