Gurlan tumanida viloyat hokimi Farxod Ermanovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Unda viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etdilar.

Qabul davomida fuqarolar uy-joy, davolanish, ichki  yo‘llarni ta’mirlash, tomorqa yerlarini  suv bilan ta’minlash, moddiy yordam, imtiyozli kredit olish kabi qator masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.

Murojaatlaring bir qismi joyida hal qilindi, yechimi muayyan vaqt va o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyul 22, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 515 marta