Gurlan tumanida sodir bo‘lgan chaqnash to‘g‘risida ma'lumot

Bugun, 20-noyabr kuni soat 11:40 da Gurlan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismiga tumanning “Shodlik” mahallasidagi xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir bo‘lganligi to'g'risida xabar kelib tushgan. Chaqnash natijada ushbu xonadon devori va tom qismiga qisman zararlangan. Hodisa oqibatida yongin sodir bo‘lmagan. Chaqnash sodir bo‘lgan vaqtda xonadonda fuqarolar bo‘lmagan, chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Shu o‘rinda barchadan texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 151 marta