Gurlan tumani hokimi Ruslan O’razbayevning yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ochiq va samimiy kechgan uchrashuv tuman hokimi yoshlarning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidladi. So‘nggi yillarda o‘sib ketayotgan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, yoshlar masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinayotgani hamda ularni qiynayotgan muammolar, tashabbuskor faol yoshlarning qiziqishlari va maqsadlari haqida suhbatlashib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlarga tuman hokimligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Dekabr 25, 2024
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 133 marta