FUQAROLAR YIG'INLARI RAISLARI O'RINBOSARLARI UCHUN O'QUV-SEMINAR O'TKAZILDI

Gurlan tumani “Nurobod” mahallasidagi Madaniyat uyida  tumanda faoliyat yuritayotgan fuqarolar yig'inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlari uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

Tadbirda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vaziri maslahatchisi Sh.Ro'ziyev fuqarolar yig'inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosarlarining asosiy funktsional vazifalari xususida gapirib o'tdi.

Shuningdek, seminar davomida hududlarda xotin-qizlarning oilada, mahalla va mehnat jamoalaridagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalarining vazifalari hamda ularning faoliyatini samarali tashkil etish bo'yicha huquqiy asoslarga to'xtalib o'tdi.

Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va kerakli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati 


Dekabr 02, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 661 marta