my.gov.uz portalida ipoteka subsidiyasini berish xizmati ishga tushdi!

2023-yilning 1-mayidan boshlab YIDXP (my.gov.uz)da “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza berish”  xizmati  yoqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq  joriy yil yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratishning maqsadli parametrlari tasdiqlandi. 

Endilikda subsidiya ajratish jarayoniga quyidagi oʻzgarishlar kiritildi:

  • Subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 4 oy ichida amal qiladi, bu muddat tugaganidan soʻng qayta ariza berilishi mumkin;
  • Subsidiya olish uchun bir kalendar yilda ikki marta ariza berish boʻyicha belgilangan cheklovlar bekor qilindi, rad etilgan arizalarga 1-dekabrga qadar qayta ariza yuborish mumkin.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 01, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 323 marta