2022 yil 23 noyabrdan:

Gurlan tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

Tug‘ilgan yili:                                                Tug‘ilgan joyi:

06.11.1995                                                      Xorazm viloyati, Gurlan tumani

Millati:                                                            Partiyaviyligi:

o‘zbek                                                             yo‘q

Ma’lumoti:                                                     Tamomlagan:

oliy                                                                  2019 y. Urganch Davlat universiteti

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:             arxitektura    

Ilmiy darajasi:                                               Ilmiy unvoni:

yo‘q                                                                 yo‘q

Qaysi chet tillarini biladi:

rus tili

Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi (qanaqa):                  

yo‘q

Xalq deputatlari, viloyat, shahar va tuman Kengashi deputatimi yoki boshqa saylanadigan organlarning a’zosimi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim)             

yo‘q

MEHNAT FAOLIYATI

2014-2019 yy. - Urganch Davlat universiteti talabasi

2019-2020 yy. - Gurlan tumani arxitektura bo‘limi mutaxassisi

2020-2022 yy. - Gurlan tumani “Bunyodkor” masuliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori

2022 y.  -  h.v. - Gurlan tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi

Quyidagilar tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, viloyat xokimining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo‘jaligi xomashyosini sanoat yo‘li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo‘yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish  dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;

sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash
chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;

shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;

muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash;

ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

aholini sifatli ichimlik suv, oqava suv tarmog‘i bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;

aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish;

tasarrufidagi bosh mutaxassis va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hokimiyat va boshqaruv organlarida ish yuritish va nazoratni tashkil etish bo‘yicha me’yoriy xujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlarining talablari asosida ish tashkil etilishi va ijro intizomini mustahkamlash;

o‘z yo‘nalishiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini  amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda hokimga taqdim etib borish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

  1. Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:

-

Yoqilg‘i – energetikasi resurslarini tejash bo‘yicha tuman komissiyasi.

-

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlashni muvofiqlashtirish tuman komissiyasi.
(Har yili tasdiqlanadigan kuz-qish mavsumi qaroriga asosan)

-

 “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi.

-

Yo‘llarda harakatlanish havfsizligini ta’minlash bo‘yicha tuman komissiyasi

  Tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi tuman komissiyalari:

-

 Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha tuman komissiyasi;

-

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish tuman komissiyasi;

-

Ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtitrish hamda monitoring qilish bo‘yicha tuman komissiyasi;

-

tuman hududida avtotransport sohasini boshqarish va yo‘lovchilar tashishni tashkil qilish komissiyasi;

-

Tadbirkorlik sub’ektlarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman tanlov komissiyasi;

-

Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash bo‘yicha tuman tanlov komissiyasi;

-

Aholi punktlarini kompleks qurilishini nazorat qilish tuman komissiyasi;

-

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tuman komissiyasi;

       qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.

  1. Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning tuman hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:

Tuman qurilish bo‘limi;

“O‘ztransgaz” AK tuman filiali;

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi;

“O‘ztelekom” AJ tuman filiali

Tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash foydalanish korxonasi;

“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi unitar korxonasi tuman filiali;

Tuyamo‘yin-Gurlan mintakalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasining tuman bo‘limi;

«O‘zbekiston pochtasi» tuman filiali;

Tumandagi loyihalash tashkilotlari;

Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalari;

Tumandagi transport tashkilotlari;

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi;

“Toza hudud” unitar korxonasi tuman bo‘limi;

Tuman yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat unitar korxonasi;

“Xorazm ko‘mir yetkazuvchi hududiy distribyuterlik markazi” unitar korxonasiga qarashli tuman shohobchasi;

Tumandagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi.

Yangiliklarga obuna

Bank kursi

Ob-havo gurlan