Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi

Bugun Gurlan tumanidagi “Nurobod” маdaniyat uyi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan “Vatan sog’inchi – Bobur nolasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda o’quvchilar tomonidan shoir hayoti va ijodiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari, g’azallari, ruboiy, kuy-qo’shiqlar va raqslar, tuman madaniyat bo’limi xodimlari “Navro’z” ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan Bobur g’azali bilan ijro qilingan mumtoz ashulalar barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi.

Таdbirda faol ishtirok qilgan o’quvchilar va ustozlar hamda tashkilot xodimlari  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo’linmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmati


Fevral 14, 2023
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 359 marta