Yoshlar bilan uchrashuv

Bugun Gurlan tumani “Do’simbiy” mahallasidagi 16-son umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman hokimi Murodjon Achilovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Tlavov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, mahalla yoshlari ishtirok qildilar.

Uchrashuvda asosiy e’tibor yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa muammolarni hal etishga e’tibor qaratildi.

Yoshlarning murojaatlari shu yerning o‘zida mutasaddilar ishtirokida o‘rganilib, masalalarga ijobiy yechim topildi. Ayrim o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan 16-son umumiy o’rta ta’lim maktabiga olib boruvchi ichki yo’lni ta’mirlash borasidagi murojaatni tuman hokimi joyiga chiqib o’rgandi va mas’ullarga yo’lni ta’mirlash bo’yicha topshiriqlar berdi.

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Aprel 05, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 629 marta