Yashnobodda daraxt kesganlardan 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘m mablag‘ undirildi

Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan Yashnobod tumani,  Iltifot ko‘chasi 29 uy manzilida 105 ta daraxtni noqonuniy kesib tashlagan "Yangi zamon bino" MChJdan yetkazilgan zarar hamda moliyaviy jarima sifatida hisoblangan jami 3 mlrd 514 mln 200 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ naqd pul shaklida undirildi.

Shuningdek, prokuratura talabi bilan daraxtlar kesib tashlangan ushbu qurilish maydoni o‘rnida MChJ tomonidan 200 tup noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib ektirilmoqda.

 

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official


Noyabr 21, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 374 marta