Xorazmda 18 aprel kuni "kitobxonlik haftaligi” ga start  beriladi

Joriy yilning 18-23 aprel kunlari yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Xorazmda ham Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Madaniyat viloyat  boshqarmalari, viloyat axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari hamkorligida “Kitobsevar millat” shiori ostida  “Kitobxonlik haftaligi” keng miqyosda o‘tkaziladi.

Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, haftalik doirasida  shahar va tuman istirohat bog‘larida kitob bayramlari hamda  axborot-kutubxona markazlari, oliy ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida adib va shoirlar bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, kitob yarmarkalari va turli kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Aprel 16, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 493 marta