Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov  raisligida Xorazm viloyatida faollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farxod Ermanovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  Raisi lavozimiga tasdiqlangani munosabati bilan Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi farmoni o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan  Qo‘shko‘pir tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Jo‘rabek Raximov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan  faollar keyingi yillarda Xorazmda  amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar, erishilgan yutuqlarni e’tirof etib, Jo‘rabek Raximovni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidladilar.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov  so‘zga chiqib, Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Dekabr 17, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 358 marta