Xorazm viloyatida 113 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat olib bormoqda

Xorazm viloyatidagi tijorat banklarining filiallari hamda bank xizmatlari markazlarida aholiga valyuta ayirboshlash xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida 113 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, viloyatda xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 142 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari uzluksiz xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Barcha valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari naqd milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari bilan ta’minlab borilmoqda.

Valyuta amaliyotlari bo‘yicha savollar tug‘ilgan taqdirda, Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasining

62-224-58-16 raqamli "Ishonch telefoni"ga  murojaat qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi.


Iyul 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 415 marta