Xorazm viloyati hokimligi “Ochiqlik indeksi” reytingida 3-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi 2021-yil uchun 85 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida “Ochiqlik indeksi” yuzasidan o‘tkazilgan monitoring yakuni bo‘yicha reyting natijalarini e’lon qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida Samarqand, Namangan va Xorazm viloyati hokimliklari reyting jadvalining eng yuqori pog‘onalaridan joy oldi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy veb-sayti va ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirilgan ma’lumotlar to‘liqligi e’tirof etilib, reyting jadvalida kuchli uchlikdan joy oldi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Aprel 14, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 637 marta