Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi viloyat aholisi va fermerlariga murojaati

Ma’lumki, viloyatimiz aholisi va fermerlari joriy yilda mashaqatli mehnat evaziga boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirdilar. Albatta, boshoqli don ekinlarini hosilini betalofat, o‘z muddatida yig‘ishtirib olish har bir fuqaroning burchidir.

O‘tgan yilgi boshoqli don ekinlarini yig‘ishtirib olish natijalari shuni ko‘rsatdiki, oz bo‘lsada ayrim fermer-xo‘jalik rahbarlari va fuqarolarning atrof-muhitga e’tiborsizligi oqibatida somon poyalarini yoqib yuborish holatlari aniqlanib, qonunda belgilangan choralar ko‘rildi.

Vaholanki 1 gektar yer maydonda boshoqli don poyasi yoqilganda atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tashlanadi. Tuproq strukturasi buzilib, eroziya kuchayadi va natijada hosildorlik kamayadi. 1 tonna xazon yoqilganda, atmosfera havosiga 30 kg uglerod oksidi tashlanadi. Bitum yoqilganda, undan ajralib chiqqan qurum inson organizmida sil va saraton kasalliklarini keltirib chiqarishish mumkin.

Somonni yoqib yuborilishi nafaqat, atrof-muhitni ifloslantirib, tuproq unumdorligini pasaytiradi, balki chorva mollari ozuqasiga putur yetkazilib iqtisodiy zarar keltiradi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2006-yil 25-dekabr 1647-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Boshoqli don ekinlari poyasi va somonini yoqib yuborilishi natijasida yetkazilgan zararni aniqlash xamda ushbu holatlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash bo‘yicha Nizom”ga asosan qonun talablarini buzgan shaxslar javobgarlikga tortiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Xorazm viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi viloyat aholisi va fermerlariga

MUROJAAT QILADI:

Boshoqli don ekinlari hosilini betalofat yig‘ishtirib olish, bug‘doy somonini nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olib chorva mollari ozuqasi zahirasini tayyorlash, bug‘doy somonini va uning qoldiqlarini yoqib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikga chaqiradi.

 

Xorazm viloyati Ekologiya va arof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi


Iyun 02, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 429 marta