Xiva shahrida “Pahlavon Maxmud – Bahodirlar o‘yini”  turniri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-5 iyun kunlari Xiva shahrida “Pakhlavon Mahmud - Strongmen Games” II Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada O‘zbekistondan tashqari Eron, Hindiston, Yaponiya, Braziliya va boshqa ko‘plab davlatlardan kelgan sportchilar “Aravaga un qoplarini ortish va tortish”, “Atlant toshlari”, “Suvli chelaklarni tashish”, “Mo‘ynoq langarini tortish” kabi musobaqalarda kuch sinashdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eronlik Rizo Qitosiy 1-o‘rinni qo‘lga kiritib musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘ldi.

 

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati


Iyun 06, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 489 marta