Xalqaro oila kuni

 Gurlan tumanida 15 may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Jumladan, "Navro‘z" mahallasidagi Madaniyat markazida "Mening uyim, mening ko‘cham, mening  mahallam, mening shahrim..!" nomli tanlov o‘tkazildi.  

Shuningdek, "Mevazor" mahallasidagi 8-son umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Eng obod xonadon" nomli ko‘rik-tanlov ham o‘tkazildi.

Tadbirlarda Xalq deputatlari Gurlan tumani Kengashi deputati B. Atabayeva,  mehnat faxriysi O.Xonnazarova hamda mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


May 14, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 512 marta