Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining hamda doimiy komissiyalarining 2022-yil uchun “Ish rejalari” to‘g‘risida

Xalq deputatlari tuman Kengashi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga hamda xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi Reglamentining 3-moddasiga asoslanib xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi

QAROR  QILADI:

1. Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining 2022-yil uchun “Ish rejasi” 1- ilovaga, doimiy komissiyalarining yillik ish rejalari 2-9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari, deputatlik partiya guruhlari:

-ish rejada nazarda tutilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda tashkil qilish va ijrosini ta'minlash choralarini ko‘rsinlar;

-ushbu “Ish reja” asosida Kengash doimiy komissiyalarining ish rejalarini tuzsinlar.

3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi                                 M.A.Аchilov    

 

Kun tartibi, ish rejasi va yig‘ilish masalalarini yuklab oling

                             


Aprel 11, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 654 marta