Un taklifi ko‘paymoqda, bu ma’muriy tavsiyalardan ko‘ra samaraliroq

Bugun birinchi marta “O‘zdonmahsulot” AJ tarkibidagi 44 ta korxona tomonidan 10 ming tonna un birja savdolariga qo‘yilgan.

O‘tkazilgan savdolar bo‘yicha, 1-navli unning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 4 497,8 ming so‘mni tashkil qilgan.

Birja savdolarida Toshkent shahrida non ishlab chiqaruvchi 56 ta  korxona 874 tonna un sotib olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt non kombinatlari uchun 1 tonna un o‘rtacha 4 291,0 ming so‘mdanga aylangan.

Mutaxassislar bugungi shakllangan narxlardan kelib chiqib, un narxi kilosi 4291 so‘m bo‘lganda, qolipli non tannarxini ham hisoblab chiqishgan.

Demak, bugungi narxlarga chaqilganda bitta buxanka ishlab chiqarish qiymati o‘rtacha 2 550 so‘mga tushmoqda.

Shundan qiymatning ichida:

un 1641 so‘m;

4 so‘mlik tuz;

18 so‘mlik o‘simlik yog‘i;

38 so‘mlik drojj;

37 so‘m - un tashish;

qolgani nonni pishirish uchun gaz, elektr sarfi ishchilarga to‘lanadigan mehnat haqi (ish haqi), nonni savdo do‘koniga yetkazib berish xarajatlari, soliqlar va korxona foyda normasi.

E’tibor bering, bu o‘rtacha shartli hisob kitoblar. Non kombinatlarida texnologiyasi va energiya tejamkorligi kabi omillar hisobiga tannarx balandroq yoki pastroq bo‘lishi mumkin.

 

Bugun birja platformalarida sotuv hajmi paydo bo‘lishi bilan ulgurji un sotuvchilarda ham un taklifi keskin ko‘paygan. Kuzatishda davom etamiz.


Iyun 01, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 448 marta