Tuman sektorlari rahbarlarining 2021-yil davomida murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gurlan tumanidagi Xalq qabulxonasiga tuman bo‘yicha sektorlar kesimida 2021-yil  davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarining ro‘yxatga olinishi hamda ularning hal qilinishi ahvoli o‘rganildi.

Gurlan tuman Xalq qabulxonasiga 2021-yil  davomida jami 546 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 413 tasini yozma va 133 tasini og‘zaki murojaatlar.

Tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan ariza va murojaatlarning hal etilishida asosiy e’tibor ularning ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolarning shaxsiy huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlanishiga qaratilgan.

2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 546 ta murojaat, ulardagi 578 ta masalalar tahlil qilinganda,  467 ta yoki 85,5% murojaatlar bevosita tumandagi va 73 tasi yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunda belgilangan muddatda hal qilish uchun nazoratga olinib, tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning qanoatlantirilgani 488 ta (82,0%), shundan 206 tasi (37,73%) ijobiy hal qilingan, 242 tasi (44,32%) huquqiy maslahat berish orqali hal qilingan, 1 tasi (0,18%) ko‘rmasdan qoldirilgan, 78 ta (14,29%) murojaat bo‘yicha umumiy mazmundagi tushuntirish   berilgan.

Tuman  Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda, murojaatlarning asosiy qismi qo‘yidagi masalalardan iborat ekanligi aniqlandi;

- Sud masalalari va sud qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha 16 ta murojaat (2,93), prokuratura faoliyatiga oid 1 ta (0,18 %), ichki ishlar faoliyati masalalari bo‘yicha 9 ta murojaat (1,65 %), aliment masalalari bo‘yicha 15 ta (2,75%), sog‘liqni saqlash va dori-darmonga narx-navo masalalari bo‘yicha 21 ta murojaat (3,85%), pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 30 ta murojaat (5,49%), ta’lim sohasidagi masalalar bo‘yicha 12 ta murojaat (2,20%), uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish masalalari yuzasidan 34 ta murojaat (6,23%), mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 69 ta murojaat (12,64%), kredit olish, bank-moliya va tadbirkorlik huquqlarining buzilishi masalalari bo‘yicha 27 ta murojaat  (4,95%), gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, kommunal to‘lovlarni hisoblash, shu jumladan elektr energiyasi va gaz ta’minotini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha va soliq to‘lovlari masalalari bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha 63 ta murojaat (11,54%), yo‘l qurilishi, transport masalalari va qurilish  sohasi bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha 34 ta murojaat (6,23%), moddiy yordam olish, shu jumladan oilaga moddiy yordam va bir martalik moddiy yordam olish masalalari bo‘yicha 53 ta murojaat  (9,71 %), boshqa masalalar bilan bog‘liq 162 ta murojaat (29,67%).

2020-yil  bilan 2021-yil davomida sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar solishtirilganida, jami  571 ta murojaat, shundan,  sud masalalari va sud ijrosiga oid masalalar 9 taga (ya’ni 7dan 16ga) ,  aliment masalalari bo‘yicha 2 taga (ya’ni 13dan 15ga), pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha 8 taga (ya’ni 22tadan 30ga), ta’lim sohasidagi masalalar bo‘yicha 3 taga (9dan 12ga), mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha 3 taga (66 dan 69 ga), kredit olish, bank-moliya va tadbirkorlik huquqlarining buzilishi masalalari bo‘yicha 12 taga (15dan27ga), gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, kommunal to‘lovlarni hisoblash, shu jumladan elektr energiyasi va gaz ta’minotini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha va soliq to‘lovlari masalalari bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha 14 taga (49dan 63ga) oshgan.

Shuningdek, prokuratura faoliyati masalalari bo‘yicha 9 taga (10dan 1ga), uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish masalalari yuzasidan    9 taga (43dan 34ga), ichki ishlar faoliyati masalalari bo‘yicha 10 taga (19dan 9ga), yo‘l qurilishi, transport masalalari va qurilish  sohasi bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha 8 taga (42dan 34ga), moddiy yordam olish, shu jumladan oilaga moddiy yordam va bir martalik moddiy yordam olish masalalari bo‘yicha 23 taga (76dan 53ga), boshqa masalalar bilan bog‘liq 29 taga (191dan 162ga) kamaygan.

Shu bilan birga sud masalalari va sud ijrosiga oid masalalari,  aliment masalalari bo‘yicha, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalari bo‘yicha, ta’lim sohasidagi masalalar bo‘yicha, mehnat va bandlik masalasi, shu jumladan ishga joylashish va ishga tiklanish masalalari bo‘yicha, kredit olish, bank-moliya va tadbirkorlik huquqlarining buzilishi masalalari bo‘yicha, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, kommunal to‘lovlarni hisoblash, shu jumladan elektr energiyasi va gaz ta’minotini o‘chirilishi va asossiz qarzdorlik hisoblanishi bo‘yicha va soliq to‘lovlari masalalari bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha murojaatlar 2021-yilda 2020-yilga nisbatan solishtirilganda keskin oshib ketganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, 2021-yil davomida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan jami 546 ta murojaat  idora tashkilotlar kemisida tahlil qilindi:

Jumladan, tuman hokimligiga 232 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan, 69 tasi ijobiy yechimini topgan, 126  tasiga xuquqiy maslaxat berilgan,  26 tasiga tushuntirish berilgan, 11 tasi jarayonda, tuman prokuraturasiga 117 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, 62 tasi ijobiy hal etilgan, 34 tasiga huquqiy maslaxat berilgan, 14 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 6 tasi jarayonda, tuman Aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga 36 ta murojaat yuborilgan bo‘lib,        4 tasi ijobiy hal etilgan, 29 tasiga huquqiy maslaxat berilgan, 3 tasi jarayonda, tuman ichki ishlar bo‘limiga 24 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan, 9 tasi ijobiy yechimini topgan, 12 tasiga huquqiy maslaxat, 2 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi jarayonda,  tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga 19 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, 2 tasi ijobiy hal etilgan, 16 tasiga huquqiy maslaxat berilgan, 1 tasiga tushuntirish berilgan,  tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 14 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan, 10 tasi ijobiy yechimini topgan, 2 tasiga huquqiy maslaxat,   2 tasiga tushuntirish berilgan, tuman Tibbiyot birlashmasiga 18 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, 9 tasi ijobiy hal etilgan, 6 tasiga huquqiy maslaxat berilgan, 3 tasi jarayonda, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limiga 2 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan, 1 tasi ijobiy yechimini topgan, 1 tasiga huquqiy maslaxat, MIB tuman bo‘limi 1 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, ijobiy yechimini topgan, tuman Elektr ta’minoti korxonasiga 11 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, shundan, 6 tasi ijobiy yechimini topgan, 3 tasiga huquqiy maslaxat, 2 tasiga tushuntirish berilgan, Gurlantumangaz filialiga 7 ta murojaat yuborilgan bo‘lib, 6 tasi ijobiy hal etilgan, 2 tasiga huquqiy maslaxat berilgan.

 Jami murojaatlardan 2020-yil   bilan 2021-yil davomida idora tashkilotlarga kurib chikish uchun yuborilgan murojaatlar solishtirilganida, tuman hokimligiga 203 tadan 29 taga (203/232), tuman prokuraturasiga 102 tadan 15 taga (102/117), tuman aholi bandlikka ko‘maklashish markaziga 21 tadan 15 taga (21/36), tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga 2 tadan 17 taga (2/19), tuman Tibbiyot birlashmasiga  6 tadan 12 taga (6/18), Gurlantumangaz filialiga 4 tadan 3 taga (4/7),  tuman Elektr ta’minoti korxonasiga 7 tadan 4 taga (7/11), tuman Davlat soliq inspeksiyasiga 4 tadan 10 taga (4/14) usgan.

Shuningdek, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tuman bo‘limiga  51 tadan 49 taga (51/2), tuman ichki ishlar bo‘limiga 29 tadan 5 taga (29/24), MIB tuman bo‘limi 11 tadan 10 taga kamaygan. Fermerlar kengashi tuman bo‘limiga 1 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, joriy yilda kelib tushmagan.

Shuningdek, 2021-yil davomida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan jami 546 ta murojaat  sektorlar bo‘yicha tahlil qilinganda,

-tuman hokimi sektor hududida mahallalar kesimida jami 149 ta murojaatlar bo‘lib, shundan 26 tasi Ziyokor, 17 tasi Navbir yop, 8 tasi Dehqon, 18 tasi Do‘simbiy, 15 tasi Taxtako‘pir, 6 tasi Marbugat, 9 tasi Shang‘i, 4 tasi Navro‘z, 6 tasi Do‘stlik, 26 tasi Yangi bog‘, 6 tasi Madadkor, 7 tasi Nurobod mahallalaridan kelib tushgan,

-tuman prokurori sektori hududida mahallalar kesimida jami 118 ta murojaatlar bo‘lib, shundan 20 tasi Esabiy, 7 tasi Nurafshon, 8 tasi Mevazor, 10 tasi Qangli, 6 tasi Do‘stlik bog‘i, 11 tasi Oqqum, 6 tasi Olchin, 12 tasi Dehqonobod, 4 tasi Boldoqli, 10 tasi Bo‘zqal’a, 10 tasi Ma’rifat, 3 tasi Yangi asr, 11 tasi Ishonch mahallalaridan kelib tushgan;

-tuman IIB sektori hududida mahallalar kesimida jami 123 ta murojaatlar kelib tushgan bulib, shundan  10 tasi Nukus, 15 tasi Birlashgan,  7 tasi Nurli yo‘l, 12 tasi Paxtakor, 11 tasi O‘yilma, 7 tasi Besh uy, 8 tasi Chinobod, 11 tasi Bog‘ishamol, 24 tasi Navbaxor, 18 tasi Gulshan mahallalaridan kelib tushgan;

-tuman DSI sektori hududida mahallalar kesimida jami 178 ta murajaatlar, shundan 4 tasi Moyli, 22 tasi Yormish, 15 tasi Qatariq, 11 tasi Eshimjiron, 9 tasi Obod, 11 tasi Sahtiyon, 13 tasi Chakkalar, 4 tasi Vatanparvar, 19 tasi Paxtachi, 17 tasi Jaloyir, 17 tasi Toza yorgan, 14 tasi Sovunchi, 7 tasi Bog‘iston, 8 tasi Shodlik, 7 tasi Fidokor, mahallalaridan kelib tushgan murojaatlar.

Boshqa viloyat va tumanlardan 10 ta murojaatlar kelib tushgan.

2020-yil 12 oyi bilan 2021-yilning 12 oyida sektorlar hududidagi mahallalar kesimida kelib tushgan murojaatlar solishtirilganida,

-tuman hokimi sektor hududida mahallalar kesimida jami 161 ta murojaatlar bo‘lib, shundan Ziyokor 22 tadan 4 taga (22/26), Dehqon 7 tadan 1 taga (7/8), Do‘simbiy 16 tadan 1 taga (16/18),   Yangi bog‘ mahallalarida 15 tadan 11 taga (15/26) oshgan. 

Shuningdek, 2020-yilning 12 oyi davomida Navbir yop 21 tadan 4 taga (21/17), Marbugat 8 tadan 2 taga (8/6),  Navro‘z 8 tadan 4 taga (8/4), Do‘stlik  11 tadan 5 taga (11/6), Madadkor 11 tadan 5 taga (9/6), Shang‘i 10 tadan 1 taga (10/9), Taxtako‘pir 17 tadan 2 taga (17/15), Nurobod 11 tadan 4 taga (11/7) mahallalarida kamaygan.

-tuman prokurori sektori hududida mahallalar kesimida jami 108 ta murojaatlar bo‘lib, shundan Esabiy 10 tadan 10 taga (10/20), Nurafshon  6 tadan 1 taga (6/7), Mevazor 5 tadan 3 taga (5/8), Oqqum 3 tadan 9 taga (3/11), Olchin 3 tadan 3 taga (3/6), Bo‘zqal’a 9 tadan 1 taga (9/10), Ma’rifat 7 tadan 3 taga (7/10) oshgan. 2020-yilning 9 oyi davomida Boldoqli 4 ta, Do‘stlik bog‘i 6 ta, Yangi asr mahallasida 3 ta, joriy yilda ham ushbu mahallada ko‘rsatkich oshmagan.

Shuningdek, 2020-yil davomida Ishonch mahallasida 16 tadan 5 taga (16/11) , Dehqonobod 21 tadan 9 taga (21/12), Qangli 11 tadan 1 taga (11/10), kamaygan.

-tuman IIB sektori hududida mahallalar kesimida jami 136 ta murojaatlar kelib tushgan bulib, shundan Birlashgan   12 tadan 3 taga (12/15), Paxtakor 7 tadan 4 taga (7/12), Besh uy 5 tadan 2 taga (5/7), Gulshan mahallalarida 15 tadan 3 taga (15/18) oshgan.

Shuningdek, Nukus 14 tadan 4 taga (14/10), Nurli yo‘l 11 tadan 4 taga (11/7), O‘yilma 13 tadan 2 taga (13/11), Chinobod 12 tadan 4 taga (12/8), Navbahor mahallasida 29 tadan 5 taga (29/24), Bog‘ishamol 25 tadan 14 taga (25/11) kamaygan.

-tuman DSI sektori hududida mahallalar kesimida jami 142 ta murajaatlar, shundan Qatariq 5 tadan 10 taga (5/15), Eshimjiron 3 tadan 8 taga (3/11), Obod 7 tadan 2 taga (7/9), Sahtiyon 9 tadan 2 taga (9/11), Chakkalar 8 tadan 5 taga (8/13), Jaloyir 6 tadan 11 taga (6/17), Toza yorgan     10 tadan 7 taga (10/17), Sovunchi 6 tadan 8 taga (6/14), Bog‘iston mahallarida 5 tadan 2 taga (5/7) oshgan.

2020 yil davomida Paxtachi mahallasida 19 ta, Shodlik mahallasida 8 ta, joriy yilda ham ushbu mahallada ko‘rsatkich oshmagan.

Shuningdek, Yormish 29 tadan 7 taga (29/22), Moyli 7 tadan 3 taga (7/4), Fidokor mahallalarida 12 tadan 5 taga (12/7) kamaygan.

Jumladan, 1-sektor hududi Yangibog‘, Ziyokor, 2-sektor hududi Esabiy, Oqqum, 3-sektor hududi Paxtakor, 4-sektor hududi Qatariq, Eshimjiron,  Jaloyir, Sovunchi mahallalaridan kelib tushgan murojaatlarning keskin oshib ketganligini, shuningdek, 1-sektor hududi Navro‘z, Do‘stlik, Nurobod, 2-sektor hududi Ishonch, Dehqonobod, 3-sektor hududi Navbahor, Bog‘ishamol, 4-sektor hududi Yormish, Moyli, Fidokor mahallalaridan kelib tushayotgan murojaatlarning kamayganligini kuzatish mumkin.

Shuningdek, 2021-yil davomida tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan jami 546 ta murojaat  sektorlar bo‘yicha tahlil qilinganda,

1-sektor hududida kesimida jami 149 ta murajaatlar kelib tushgan bo‘lib, 48 tasi ijobiy yechimini topgan, 75 tasiga xuquqiy maslaxat berilgan,  15 tasiga tushuntirish berilgan, 1 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 10 tasi jarayonda;

 2-sektor hududida kesimida jami 118 ta murajaatlar kelib tushgan bo‘lib, 51 tasi ijobiy yechimini topgan, 47  tasiga xuquqiy maslaxat berilgan,  16 tasiga tushuntirish berilgan, 4 tasi jarayonda;

3-sektor hududida kesimida jami 123 ta murajaatlar kelib tushgan bo‘lib, 49 tasi ijobiy yechimini topgan, 48  tasiga xuquqiy maslaxat berilgan,  20 tasiga tushuntirish berilgan, 6 tasi jarayonda;

4-sektor hududida kesimida jami 178 ta murajaatlar kelib tushgan bo‘lib, 59 tasi ijobiy yechimini topgan, 84  tasiga xuquqiy maslaxat berilgan, 30 tasiga tushuntirish berilgan, 5 tasi jarayonda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Xududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 3182-sonli Qarorining 13-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrining, tumanlar va shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish  bo‘yicha xudud rahbarlari faoliyatini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 973-sonli qarori yuzasidan aniq choralar ko‘rish maqsadida sektor rahbarlari xar xaftada kamida bir marta o‘ziga biriktirilgan xududdagi mahallalarda tasdiqlangan jadvalga muvofiq sayyor qabullar o‘tkazib borishlari belgilangan.

Sektor rahbarlari reja jadvalga asosan 207 ta ommaviy qabullar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 2021-yil davomida 163 ta kabullar o‘tkazilgan. Qabullarda 4079 nafar fuqarolar qatnashib, 275 ta masala yuzasidan murojaat qilganlar. Murojaatlarning 162 tasi ya’ni 59 foizi ijobiy hal qilinishi ta’minlangan, 113 tasi ya’ni 41 foizi bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirishlar berilgan.

Sektor rahbarlari reja jadvalga asosan 207 ta yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 2021-yil davomida 164 ta uchrashuvlar o‘tkazilgan. Uchrashuvlarda 3912 nafar fuqarolar qatnashib, 223 ta masala yuzasidan murojaat qilganlar. Murojaatlarning 133 tasi ya’ni 59,6 foizi ijobiy hal qilinishi ta’minlangan, 90 tasi ya’ni 40,4 foizi bo‘yicha murojaatchilarga tushuntirishlar berilgan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Gurlan tumanidagi Xalq qabulxonasi  mudiri                                                               I.Tlavov


Dekabr 30, 2021
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 843 marta