Tuman hokimi "nihol" bolalar yozgi oromgohiga tashrif buyurdi

Yoz mavsumida bolajonlarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish maqsadida tumandagi 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Nihol" bolalar yozgi oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.

Bugun tuman hokimi Murodjon Achilov "Nihol" bolalar yozgi oromgohida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

E’tiborli jihati, "Nihol" bolalar yozgi oromgohi 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda tumanimiz aholisi farzandlaridan tashqari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay tumanidan kelgan 25 nafar bolajonlar ham dam olishmoqda.

Bolajonlarning yozgi ta’tilda maroqli dam olishi uchun oromgohda ovqatlanish uchun zamonaviy ko‘rinishga ega oshxona, o'z bag'riga badiiy adabiyotlar va darsliklarni jamlagan kutubxona, musiqa, sport, tasviriy san’at, mohir qo‘llar to‘garaklari tashkil qilingan, bundan tashqari bolajonlarning jismonan sog'lom o'sishlarini ta'minlash maqsadida turli xil sport o‘yinlari o’tkazilmoqda.

 

Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmati


Iyun 03, 2022
Muharrir: Jabberganov Orifjon
Ko‘rishlar soni: 407 marta